Masharipov finalning eng yaxshi futbolchisi deb topildi (Video)

Birlashgan Arab Amirliklari liga kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. "Sharja" o‘yingohida kechgan bahsda "Shabab Al-Ahli" penaltilar seriyasida "Al-Nasr" ustidan g‘alaba qozondi. 

Finalning eng yaxshi futbolchisi deb, "Shabab Al-Ahli" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov topildi.

Jaloliddin bahsning eng faol futbolchisi bo‘lishdan tashqari, u penaltilar seriyasida jamoasining so‘nggi goliga mualliflik qildi. Legionerimiz 11 metrlik zarbani "Panenka" uslubida ijro etdi.

masharipovengyaxshi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!