
Masharipovdan super zarba va raqib futbolchisidan avtogol (Video)
Birlashgan Arab Amirliklari birinchi divizionining 22-turi doirasida hamyurtlarimiz Jaloliddin Masharipov va Odil Hamrobekov harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli" jamoasi "Al-Dafra" mehmoni bo‘ldi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda Hamrobekov 64 daqiqa, Masharipov esa 89 daqiqa harakat qildi va zaxiraga olindi. Jaloliddin 66-daqiqada jarimadan ajoyib zarba yo‘lladi, to‘p yo‘l-yo‘laka raqib futbolchisiga tegib darvoza to‘ridan joy oldi.
Fikrlar