Mashhur futbolchi: O‘g‘lim Shomurodovga muxlislik qilyapti!

  • 22 avgust, 2023, 20:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kuchli beshlik chempionatlaridan biri – Italiya ligalarida o‘ynagan birinchi o‘zbek futbolchisi Ilyos Zeytullaev hisoblanadi. Oradan yigirma yildan ko‘proq vaqt o‘tib, yana ikki nafar vakilimiz kuchli beshlik ligalariga qo‘shildi. Eldor Shomurodov uch yildan beri A Seriyada o‘ynayotgan bo‘lsa, Abduqodir Husanov yaqindagina Frantsiya vitse-chempioni “Lans” safidan qo‘nim topdi.

Ilyos Zeytullaev “RB Sport” nashriga intervyu berib, futbol ishqibozlarini qiziqtiradigan ko‘plab masalalarga oydinlik kiritib berdi.

zeyt

Sports.uz portali ushbu intervyudan parchalarni o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga havola etadi.

- Siz avval ham Eldor Shomurodovning “Kalyari”ga o‘tgani haqidagi savollarga javob bergansiz. Aytingchi, siz u bilan shaxsan tanishmisiz? Balki, o‘zaro suhbatlarda unga qandaydir maslahatlar bergandirsiz?   

- Men Eldor Klaudio Raneri singari tajribali murabbiy qo‘liga tushganidan juda xursandman. Raneri Shomurodovga o‘zini ko‘rsatishi uchun etarlicha imkon beradi, deb o‘ylayman.

Bu ideal variant ekanini ta’kidlash lozim. Chunki Eldor – mehnatkash futbolchi, har doim bor imkoniyatini yuz foiz sarflab o‘ynaydi.

Eldor bosh murabbiy bilan yaxshi til topisha olishiga ishonaman. Biz u bilan tanishmiz, lekin juda yaqin emasmiz. U ajoyib va kamtar yigit.

Yaqinda ta’til paytida Toshkentda ko‘rishdik. Mening o‘g‘lim unga muxlislik qiladi. Yana bir o‘zbek futbolchisi Italiyada o‘ynayotganidan faxrlanadi.

- Futbolga begona bo‘lmagan yana bir kishi – Marko Trabukki bor. O‘yinchi sifatida ham u bilan ishlaganingizni aytib bering. Qanday tanishgansizlar va u sizga qay darajada ta’sir o‘tkazgan?  

- Men u bilan “Yuventus”da o‘ynab yurganimda tanishganman. Yaxshi taassurot qoldirgan, bizga munosabati yaxshi edi. Bizga katta akamizdek bo‘lib qolgan, u bilan har qanday masala bo‘yicha maslahatlashardik.

Trabukki menga 8-9 yil davomida yordam berdi. Men “Peskara”da o‘ynab yurganimda yo‘llarimiz ayrildi. Lekin men birga ishlagan yillarimiz uchun undan minnatdorman. Vitya Budyanskiy ham xuddi shunday fikrda. Trabukki bilan aloqalarimiz do‘stona bo‘lgan.

- U sizni Andrey Shevchenko bilan tanishtirgan ekan...

- Ha. Shevchenko o‘sha payt biz uchun kumir edi. U Kaxa Kaladze bilan birga “Milan”ga kelgandi. Marko orqali bir marta uchrashdik. “Milan”ning Evropa Chempionlar ligasidagi uchrashuviga borgan edik.

O‘yindan keyin Kaladze va Shevchenko bilan tanishdik. Oziga suhbatlashdik. Shevchenko katta taassurot qoldirdi.

Har ikki baquvvat o‘yinchilar edi. Jismonan ham, psixologik jihatdan ham.

- Aytgancha, Rossiya chempionati o‘zbek futbolchilari uchun qanchalar muhim, deb hisoblaysiz? Abbosbek Fayzullaev yaqinda TsSKAga o‘tgani uchun bu savolni berdim. Rossiya Premer-ligasida yana kimlarni kutish mukmin?

9e79eb76f54d3efa741a6ac3860d9d2f

O‘ylashimcha, hozir o‘zbek futbolchilariga bo‘lgan qiziqish ancha oshgan. Nafaqat o‘zbekistonliklarga, balki sobiq Ittifoqning boshqa mamlakatlaridan etishib chiqayotgan o‘yinchilar ham e’tiborda. Tabiiyki, bu mamlakatlar futbolchilari uchun Rossiya Premer-ligasida o‘ynash muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbek futbolchisi: “Yuventus” taklifini qabul qilmaganim katta xato bo‘ldi!

Taniqli legionerimiz: Meni Anchelotti mashg‘ulotga jalb qildi!

Legionerimiz: “Bordo”, “Feyenoord”ga borganman, lekin meni “Yuventus” oldi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!