Mashhur jurnalist Ronalduning gollarga bo‘lgan ishtiyoqidan hayratda
Jahon chempionati saralashi doirasidagi o‘yinda Portugaliya o‘z maydonida Vengriya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Mazkur bahsda Krishtianu Ronaldu dubl muallifi bo‘ldi.
Uchrashuvdan so‘ng mashhur britaniyalik jurnalist Pirs Morgan portugaliyalik yulduzning gollarga bo‘lgan ishtiyoqidan hayratda qolganini ta’kidladi/
“Ronaldu yana gol urdi — bu uning professional futbolidagi 947 va 948-gollari. U 40 yosh bo‘lishiga qaramay, klub va terma jamoa safida gol urish ishtiyoqi aslo kamaygani yo‘q. U 1000 ta golga tobora yaqinlashmoqda. Bu shunchaki aql bovar qilmas daraja”, — dedi Morgan.
Ma’lumot uchun, hujumchi terma jamoa safida 225 ta o‘yin o‘tkazib, 143 ta gol kiritgan.
Fikrlar