Mashhur klub bosh murabbiyni almashtirganini e’lon qildi

  • 04.06.2026 19:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniyaning “Bayer” klubi rasmiy sayti orqali ispaniyalik mutaxassis Karles Martines bosh murabbiy etib tayinlanganini ma'lum qildi.

“Bayer” Karles Martinesni yangi bosh murabbiy etib tayinladi. 42 yoshli ispaniyalik mutaxassis o'tgan mavsum oxirigacha Frantsiya chempionati ishtirokchisi “Tuluza” klubini boshqarib, jamoani to'qqizinchi o'ringa olib chiqqan edi.

Martines 2026 yil 1 iyuldan o'z vazifasiga kirishadi. U klub bilan 2028 yil 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Leverkuzende u bir mavsum ishlagandan keyin klubni tark etayotgan Kasper Yul'manning o'rnini egallaydi.

Avvalroq, “Real”dagi faoliyatini yakunlayotgan Alvaro Arbeloa “Bayer”ga o'z xizmatlarini taklif qilgandi. Biroq Leverkuzen jamoasi rahbariyati unga ishonch bildirmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!