Mashhur nashr: Mbappe PSJ bilan kelishuvga erishdi
Frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappe PSJda 2024 yilga qadar qolishi mumkin.
"Le Parisien" nashrining xabariga ko‘ra, futbolchining amaldagi jamoasi yana ikki mavsum hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishgan.
Kilian yiliga 50 million evro maosh oladi. Shuningdek, u yangi bitimga qo‘l qo‘ygani uchun 100 million evro bonusga ham ega bo‘ladi. Kelishuvda hamkorlikni yana bir mavsumga cho‘zdirish sharti ham mavjud.
Ma’lumot o‘rnida, Kilian Parij klubi safida joriy mavsum Liga 1 turniri doirasida 32 o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol va 15 assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar