Mashhur sport sayti Portugaliya — O‘zbekiston o‘yinining aniq hisobini bashorat qildi

  • 23.06.2026 14:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mashhur sport sayti Sportskeeda.com futbol bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi turidan o‘rin olgan Portugaliya — O‘zbekiston uchrashuvi haqida o‘z prognozi bilan o‘rtoqlashdi.

Nashr ta’kidlashicha, Portugaliya to‘p nazoratida ustunlik qilishi kutilmoqda. Jamoa o‘zining hujumkor yarim himoyachilari va tezkor qanot o‘yinchilari orqali O‘zbekiston terma jamoasi himoyasini bosqichma-bosqich yorib o‘tishga, shu orqali bir nechta golli vaziyatlar yaratishga harakat qiladi. Bunday imkoniyatlardan foydalanish uchun esa jamoadan yuqori samaradorlik talab etiladi.

"Oq bo‘rilar"dan esa ishonchli va matonatli himoya o‘yini kutilmoqda. Kannavaro jamoaga intizomliroq o‘yin uslubini singdirish, himoyani esa yanada zich va tartibli shakllantirish ustida ishlamoqda.

Shu bilan birga, maqolada qayd etilishicha, Portugaliya terma jamoasining hujum salohiyati O‘zbekiston himoyasini ochib o‘tish uchun yetarli darajada kuchli. "Biz Martines shogirdlarining g‘alabasini kutayapmiz. Prognoz: Portugaliya foydasiga 2:0", — deb yozadi manba.

Portugaliya — O‘zbekiston uchrashuvi seshanba, 23 iyun kuni Xyuston shahrida (AQSh) bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!