Maskerano nega Messi va Albani zaxirada qoldirdi?
Xaver Maskerano Lionel Messi va Xordi Albaning o‘yinni o‘tkazib yuborish sababini tushuntirdi.
- Biz 41 ta o‘yin o‘tkazdik va boshqa futbolchilarga imkoniyat berishni xohladik. Bizga butun tarkib kerak, bu jamoa uchun aniq qaror edi va o‘yin yakunida uning to‘g‘riligiga ishonch hosil qildim.
Zaxiradan maydonga tushganlar jamoaga yordam berdi. Agar biz boshidan shunday shiddat bilan o‘ynaganimizda, g‘alaba qozonishimiz mumkin edi, - dedi "Inter Mayami" bosh murabbiyi.
MLS doirasida "Inter Mayami" "Di Si Yunayted" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Ushbu bahsda Messi va Alba zaxirada qoldirildi.
Fikrlar