Mata xitoyliklarning puliga uchmadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Xuan Mata o‘zi uchun Xitoy klubidan bo‘lgan juda ham foydali taklifni rad etdi. MYu esa bundan foydalanib ispaniyalik iqtidor egasi bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.

Qayd etish lozimki, Mataning “qizil iblislar” bilan kelishuvi joriy mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. Buni inobatga olgan mankuanliklar rahbariyati shartnomani avtomatik ravishda yana bir yilga uzaytirish bandidan foydalanishmoqchi.

Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Mata Xitoy klubidan bo‘lgan mo‘may daromadli taklifni rad etgan. Uning MYudagi maoshi esa haftasiga 165 ming funtni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!