Maydondan haydalib ham rekord o‘rnatish mumkin ekan

  • 06.03.2025 11:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa Chempionlar ligasining nimchorak final dastlabki uchrashuvida “Barselona” Portugaliyada “Benfika” mehmoni bo‘lib, safardan 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.

Biroq kataloniyaliklarga g‘alaba qozonish oson bo‘lgani yo‘q. Himoyachi Pau Kubarsi 22-daqiqadayoq qizil kartochka oldi.

Qizig‘i shundaki, bu holat Pau Kubarsining nomini tarixga yozdi. U XXI asrda Chempionlar ligasi uchrashuvida maydondan chetlatilgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. O‘yin kuni Kubarsi 18 yoshu  42 kunlik edi.

Qolversa, bu “Barselona” asosiy jamoasida 65 ta uchrashuv o‘tkazgan yosh futbolchining faoliyatidagi birinchi qizil kartochka bo‘ldi.

Evropa Chempionlar ligasi tarixida maydondan chetlatilgan eng yosh o‘yinchi nigeriyalik Selestin Babayaro hisoblanadi. U 1994 yili “Anderlext” safida o‘ynab, qizil kartochka olganida 16 yoshu 86 kunlik edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!