Maykl Bisping: "Jon Jons 2025 yilda mag‘lub bo‘ladi"

  • 01.01.2025 12:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC sobiq chempioni Maykl Bispingning fikricha, promoushen amerikalik Jon Jons va britaniyalik Tom Aspinall o‘rtasida jang tashkil etishi mumkin.

"Menimcha, 2025 yilda biz tarixdagi eng katta to‘qnashuv - Jon Jons va Tom Aspinall kurashini ko‘ramiz va bahs yakunlangach britaniyalikning ismi butun arenada yangraydi" - dedi Bisping "TNT Sports" telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, "UFC 304" turniridagi so‘nggi jangida Tom amerikalik Kyortis Bleydesni nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!