Maykl Chendler:"Agar Maks unga yutqazsa, biz BMF kamari uchun kurashamiz"

  • 18.08.2024 05:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • MMA

Engil vazn toifasida UFC ning 6 raqamli jangchisi Maykl Chendler (23-8) BMF chempionligi uchun sobiq yarim engil vazn toifasi chempioni Maks Xollouey bilan jang qilmoqchi ekanini ta’kidladi.

"Ishonchim komilki, Maks Topuriyani mag‘lub etadi. Menimcha, Xollouey masofani saqlab jang qiladi. Ammo agar u yutqazsa, biz u bilan BMF kamari uchun kurashishimiz mumkin. Albatta, kim ham buni ko‘rishni xohlamaydi?!" – dedi Chendler Lucky Block ga.

Eslatib o‘tamiz, Iliya Topuriya (14:0) va Xollouey(26-7) 26 oktyabr kuni BAA da "UFC 308" turnirida jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!