Maykl Peyj: "Shara Bulletning yuzini qonga to‘ldiraman"
Yarim o‘rta vazn toifasidagi UFC jangchisi Maykl Peyj (22-3) o‘rta vazn toifasidagi Sharabutdin Magomedov(15:0)ni jiddiy raqib sifatida ko‘rmayapti.
"Agar Magomedov nokautga urinsa, bu jang men xohlagandek agressiv tarzda kechayotganini anglatadi. Menimcha, Shara o‘z qobiliyatiga haddan ortiq ishonadi. Biroq meni parterga tushirishga harakat qilsa, u tasavvur qilolmaydigan usulni qo‘llayman. Bo‘lajak raqibim o‘zini eng zo‘r "pancher" deb hisoblaydi, shekilli. Lekin fikridan qaytishi uchun unga bir necha zarbalarim kifoya qiladi. Sharaning yuzi qonga to‘lishi aniq" – dedi Peyj.
Eslatib o‘tamiz, Shara Bullet (15-0) va Maykl Peyj (22-3) to‘qnashuvi 2 fevral kuni "UFC Fight Night 250" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar