Mbappe “Barsa” eng yomon ko‘rgan o‘yinchiga aylanib qoldi
Ispaniya chempionati o‘ninchi turining markaziy uchrashuvi Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida o‘tkazilib, unda “Real” ashaddiy raqib “Barselona” futbolchilarini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Liga to‘purari Kilian Mbappe “el-klasiko”da hisobni ochdi va ikkinchi bo‘limda penaltidan foydalana olmadi. “Barselona” darvozasiga kiritilgan to‘p 26 yoshli frantsiyalik yulduz uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi.
Mbappe Ispaniya jamoalari orasida eng ko‘p golni aynan kataloniyaliklarga urgan. Kilian faoliyati davomida 12 marta “Barsa” darvozasiga yo‘l topdi.
Shuningdek, mohir hujumchi Frantsiyada o‘ynab yurgan davrida “Dijon”, “Mets” va “Marsel” bilan kechgan bahslarda ham raqiblariga 12 tadan to‘p kiritgan.
Bu borada Mbappening eng sevimli jamoalari “Lion” va “Monpele” hisoblanadi. “lion” darvozabonlari uning zarbasidan keyin 13 ta to‘pni o‘z darvozasidan olib chiqqan. “Monpele” esa, Mbappe qarshi o‘ynashdan bezib qolgan. Bu jamoa mohir to‘purardan 15 ta gol o‘tkazgan.
Fikrlar