Mbappe Frantsiya chempionatining eng zo‘r futbolchisi deb topildi
PSJ forvardi Kilian Mbappe Transfermarkt sayti talqiniga ko‘ra, Frantsiya chempionatining 2019/20 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
Buni aniqlashda o‘tkazilgan so‘rovnomada 690 mingdan ortiq muxlis ishtirok etdi. Ularning 44,15 foizi aynan Kilianga ovoz bergan.
Bu borada kuchli uchlikdan PSJning yana bir hujumchisi Neymar hamda "Monako" forvardi Vissam Ben Yedder joy oldi.
Mbappe o‘tgan mavsum PSJ safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 30 ta gol hamda 19 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar