Mbappe hayratda!

  • 07.07.2023 17:26
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Kilian Mbappe PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfining yaqinda aytgan so‘zlaridan hayratda qoldi.

"L’Équipe" nashrining yozishicha, Mbappe Al-Xelayfining unga ommaviy ultimatum qo‘yganidan hayratda qolgan. PSJ prezidentining bayonotlaridan so‘ng hujumchining pozitsiyasi o‘zgarmadi - u ikki haftadan so‘ng boshlanadigan mavsumoldi mashg‘ulotlariga etib boradi.

Kilian hamon PSJ bilan shartnomasini ishlab chiqish va 2024 yilning yozida bepul ketish niyatida. Al-Xelayfiyning Mbappening jamoadan tekinga ketmaslikka va’da bergani haqidagi so‘zlari uni hayratda qoldirdi. U shaxsiy suhbatlarda bunday va’dalar bermaganini aytdi.

Mbappe bu yozda "Real" Madrid PSJning moliyaviy talablarini qondira olmasligini tushunib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!