Mbappe jamoasini o‘zgartirmasa bo‘lmaydi

  • 20 dekabr, 2022, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi PSJ to‘purari Kilian Mbappega jamoasini o‘zgartirishni maslahat berdi.

Tecno

- Kilian Mbappe o‘z jamoasini tark etib, Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi kerak. PSJ katta klub, lekin Mbappe Frantsiya chempionatida cho‘qqiga ko‘tarilib bo‘ldi.  

Kilian Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu darajasiga chiqishi uchun “Manchester Yunayted” yoki “Real” kabi klublarga  o‘tishi kerak, - dedi Ueyn Runi.

Kilian Mbappe Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining to‘purarlar bahsida g‘olib chiqdi. 23 yoshli hujumchi mundialda raqiblar darvozasiga sakkizta to‘p kiritdi. Gollaridan uchtasini finalda Argentina terma jamoasi darvozasiga joyladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!