Mbappe katta rekordlarni yangilay boshladi

  • 05.07.2026 10:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jahon chempionatlari pley-off bosqichlarida urilgan gollar soni bo‘yicha o‘z shaxsiy rekordini yangiladi. U Paragvayga qarshi mundial 1/8 final bahsining 70-daqiqasida penaltdan aniq zarba yo‘llab, o‘yindagi yagona gol muallifiga aylandi (1:0). 

Uchrashuv AQShning Pensilvaniya shtati, Filadelfiya shahrida joylashgan «Linkoln Faynenshel Fild» stadionida bo‘lib o‘tdi. Bellashuvga o‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida xizmat qildi.

Paragvay darvozasiga kiritilgan ushbu gol Mbappe uchun jahon chempionatlari pley-off bosqichlaridagi 11-gol bo‘ldi. 2026 yildagi jahon chempionatiga qadar bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekord braziliyalik afsonalar Leonidas (5 o‘yinda 8 gol) va Ronaldo (10 o‘yinda 8 gol)ga tegishli edi.

Mbappe ularning yutug‘ini allaqachon 1/16 finaldayoq ortda qoldirgandi — o‘sha bahsda u Shvetsiya darvozasiga ikki bor gol urgan va fransuzlarga yirik hisobdagi g‘alabani ta’minlagan edi (3:0).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!