Mbappe: Men sehrgar emasman. Bu savollarni klubni quradigan odamlardan so‘rash kerak
Kilian Mbappe PSJ rahbarlaridan klub nima uchun Chempionlar ligasida g‘olib chiqa olmasligini so‘rashini taklif qildi.
"PSJga (Chempionlar ligasini yutish uchun) nima etishmayotganini bilmayman, bu men uchun savol emas. Biz qo‘limizdan kelganini qildik. Buni jamoani yig‘adigan, ishni tashkil qiladigan, shu klubni quradigan odamlardan so‘rash kerak.
Men o‘z ishimni qo‘limdan kelganicha bajarishga harakat qilaman. Bu mavsumda klub uchun qirqqa yaqin, milliy terma jamoa uchun ham o‘nlab gol urganman. Men ketma-ket beshinchi yil Liga 1ning eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi to‘purari bo‘ldim.
Chempionlar ligasida, afsuski, “Bavariya”ga qarshi birinchi o‘yin oldidan jarohat oldim, javob o‘yinida esa ojiz qoldik. Lekin guruh bosqichida nazarimda eng muhim o‘yinchi bo‘ldim.
Men o‘z me’yorlarim bo‘yicha yaxshiroq ish qila olardim, lekin sehrgar ham emasman. Qolgan futbolchilar ham borlarini berdi, - dedi PSJ forvardi "France Football" nashriga bergan intervyusida.



Fikrlar