Mbappe PSJ bilan kelishuvga erishdimi? Onasi javob berdi

  • 06.05.2022 00:57
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kilian Mbappening onasi Fayza Lamari Lamari PSJ bilan kelishuv borasidagi ma’lumotlarni inkor qildi. 

Avvalroq, parijliklar frantsiyalik vinger bilan 2 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgani haqida xabarlar chiqayotgandi. 

"Hech qanday shartnoma imzolangani yo‘q. Muzokaralar barcha tomonlarni hurmat qilgan holda, unga eng yaxshi tanlovni amalga oshirishga imkon beradigan tinch muhitda davom etmoqda", - dedi Lamari. 

Qayd etish lozim, frantsiyalik futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakuniga etadi. 



Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!