Mbappe transferida kutilmagan burilish!
Kilian Mbappe transferi eng kщp muhokama qilinayotgan mavzuga aylanib bormoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, 23 yoshli futbolchi “Real”ga o‘tish bo‘yicha madridliklarga og‘zaki va’da bergan.
Biroq, taniqli insayder Janluka di Martsio Mbappe fikrini o‘zgartirgani va Parijda qolish niyati paydo bo‘lganini oshkor qildi.
Yaqinda PSJning qatarliklar xo‘jayinlari agar Kilian jamoada qolsa, unga misli ko‘rilmagan vakolatlar berilishi va o‘zining atrofida quriladigan yangi loyihaning egasiga aylanishini taklif qilnan edi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, aynan mana shu taklif frantsiyalik hujumchini “Real”ga o‘tish fikridan qaytargan. Qolaversa, PSJ va’da qilayotgan maosh ham madridliklarnikidan ko‘proq.

Fikrlar