Mbappe Vinisiusni yonini oldi
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe La Liganing 20-turidan o‘rin olgan "Levante"ga (2:0) qarshi o‘yindan so‘ng jamoadoshi Vinisius Zhuniorni omma oldida himoya qildi.
Vinisiusni o‘z muxlislari hushtakbozlik qilishdimi? Bu uning aybi emas. U fantastik o‘yinchi. U ajoyib yigit, men uni taniganimdan baxtiyorman va uni juda yaxshi ko‘raman. Biz jamoada uni yaxshiroq himoya qilishimiz kerak, toki u hammaga qarshi yolg‘iz qolmasin. U "Real"da yolg‘iz emas", - deya Mbappening so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrizio Romano o‘z sahifasida.
Avvalroq OAVda Vinisius "Qirollik klubi" muxlislarining bunday munosabati fonida "Real"ni tark etishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar