Mbappe yugurishni boshlab yubordi

  • 06.08.2020 01:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ klubi matbuot xizmati jamoaning jarohatlangan futbolchilari holati haqida ma’lum qildi.

Jumladan, Kilian Mbappe to‘psiz yugurishni boshlab yubordi. Leyvin Kurzava esa o‘ng oyoq son mushaklaridan shikastlangan va u 2 haftadan so‘ng, umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shiladi. Mashg‘ulotlarda jarohat olgan Marko Verratti biroz kechroq safga qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, PSJ o‘zining navbatdagi bahsini 12 avgust kuni “Atalanta”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!