Mbappeni umuman kutilmagan jamoa olmoqchi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe kelajakda “Real” safiga ko‘chib o‘tishi juda ko‘p muhokama qilinmoqda. Biroq, 24 yoshli futbolchi faoliyatini Angliya Premer-ligasida ham davom ettirishi ehtimoli oshib bormoqda.
Ma’lumki, “Manchester Yunayted”ga egalik qiluvchi Gleyzerlar oilasi klubni sotmoqchi. Asosiy xaridorlardan biri qatarlik shayx Jassim hisoblanadi.
TodoFichaes nashrining yozishicha, shayx Jassim klubni qo‘lga kiritsa, birinchi transfer xaridlaridan biri aynan Kilian Mbappe bo‘ladi. Badavlat shayx frantsiyalik hujumchi uchun hech qanday mablag‘ni ayamasligi hozirdan ta’kidlanmoqda.
Kilian Mbappening o‘zi hali kelajagi bo‘yicha biror masalaga oydinlik kiritgani yo‘q. PSJ uning atrofida Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga qodir yangi jamoa loyihasini tuzmoqda. Biroq, pul ko‘p narsani hal qilishi mumkin.

Fikrlar