Mbappening jarohati haqida gapi xavotirli chiqdi

  • 11 dekabr, 2024, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining oltinchi turida “Real” Bergamoda mezbon jamoa “Atalanta”ni 3:2 hisobida mag‘lub etib qaytdi.

Tecno

Uchrashuvda hisobni ochgan Kilian Mbappe 36-daqiqada jarohat tufayli maydonni tark etdi.

Bellashuvdan keyin 25 yoshli frantsiyalik hujumchi jarohati haqidagi savolga javob berdi.

- Jarohatim jiddiymi yoki yo‘q, bu haqida tasavvurga ega emas. Hammasi yaxshi bo‘lishidan umidvorman.

Mana endi “Real”dagi ishlarim risoladagidek ketmoqda. Chunki bu “Real”. Men bu erga g‘alabalarga hissa qo‘shgani va jamoaga yordam bergani kelganman. Bu galgi uchrashuvda hammamiz juda yaxshi harakat qildik, - dedi Kilian Mbappe.

Mbappe joriy mavsumda barcha turnirlarda 21 ta uchrashuvda qatnashib, 11 ta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sunnatjon Hamdamov
11/12/2024 14:45
Vini tushgani uchun real yaxshi uynadi