
Mbappening “Real”dagi debyuti qachon ko‘ramiz?
“Real” frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappening klubga qo‘shilgani haqida rasmiy xabar tarqatdi.
Endi ko‘pchilikni mashhur forvard yangi jamoasida qachon debyut qilishi kutilmoqda.
Marca nashrining yozishicha, Mbappening “Real”dagi ilk o‘yini Frantsiya terma jamoasining Evropa chempionatidagi ishtirokiga bog‘liq. Manbaga ko‘ra, agar frantsuzlar “Evro-2024” musobaqasida yarim finalga chiqsa, Mbappe “Real” bilan AQSh turnesiga bormaydi.
Bu holda 25 yoshli forvard Ispaniya chempionatining birinchi turida qatnashmaydi. Uning debyut o‘yini UEFA Superkubogida “Atalanta”ga qarshi bahsga to‘g‘ri keladi.
Chempionlar ligasi g‘olibi “Real” va Evropa ligasida zafar quchgan “Atalanta” o‘rtasidagi hal qiluvchi bahs 14 avgustga belgilangan.
Fikrlar