Men “Barsa”da qoladigan bo‘ldim!

  • 02.09.2022 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” rahbariyati Memfis Depaydan qutilmoqchi bo‘lganiga qaramay, niderlandiyalik hujumchi asosiy tarkibga kirish uchun kurashish maqsadida Kataloniyada qolishga qaror qildi.

- Men “Barselona”da qoladigan bo‘ldim. Klub muvaffaqiyatlariga qo‘limdan kelganicha hissa qo‘shishni istayman, - dedi Depay.

Yozgi transferlar vaqtida turli klublar Memfis Depayni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qildi. Transfer oynasi yopilish arafasida “Chelsi” vakillari Depayning agentlari bilan  muzokara o‘tkazgan bo‘lsa-da, transfer amalga oshmay qoldi.

Memfis 2021 yilning yozida “Barselona”ga erkin agent sifatida olib kelingan edi. Shundan beri 37 ta uchrashuvda qatnashib, 13 ta gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi. Uning shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!