Men hech qachon AQSh terma jamoasini boshqarmayman!
Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jessi Marsh o‘z shogirdarini jahon chempionatida 1/8 finalga olib chiqqanidan so‘ng, AQSh terma jamoasini boshqarish ehtimoli haqidagi savollarga aniq javob berishiga to‘g‘ri keldi.
Hozircha AQSh terma jamoasiga Maurisio Pochettino boshchilik qilmoqda. Argentinalik mutaxassis mundialdan keyin Evropaga qaytib, grand klublardan ishlashni reja qilyapti.
- Ko‘pchilik: "Ha, u AQSh terma jamoasini boshqarishni istaydi”, deb gapiradi. Kelinglar, bu masalani bir umrga yopib qo‘yamiz: men hech qachon AQSh terma jamoasini boshqarmayman. Hech qachon. Va bu yerda hech qanday muammo yo‘q.
Bir paytlar bunday imkoniyat bo‘lgan, lekin men bu bobni yopganman. Endi men uchun bu muhim emas. AQShga yomonlik tilamayman, aksincha, ular yaxshi o‘ynashini istayman. Pochettino menga yoqadi, jamoadagi bir qator futbolchilar ham yaxshi ko‘raman.
Lekin odamlar AQShda meni doim qandaydir “hikoya”ga aylantirishni to‘xtatishlari kerak, — deya Marshning so‘zlarini Time nashri keltiradi.
Marsh shuningdek, o‘zini amerikalik ekanidan faxrlanishini ta’kidladi. Biroq u hozir Italiya va Meksikada ekspat sifatida yashashini, ancha vaqtdan beri Amerika bayramlarini nishonlamasligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, butun diqqat-e’tibori Kanada futbolida "Kanada DNK"ni shakllantirish loyihasiga qaratilgan.

Fikrlar