Menga Mariya Sharapova yoqadi
Olimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozonib, muxlisu mutaxassislar e’tiboriga tushgan Puerto-Riko tennischisi Monika Puig ana shunday dedi.
- Olimpiya o‘yinlaridan keyin hayot tarzim o‘zgarib ketdi, - dedi Monika Puig. - Man taniqli shaxsga aylandim va doim e’tibordaman. Buning yaxshi tomoni mashhurligim orqali odamlarga yordam bera olaman. Lekin xotirjam dam olish uchun imkoniyatni yo‘qotdim.
Puig ayni paytda Mariya Sharapovaga qarshi o‘tkaziladigan ko‘rgazmali uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
- Mariya bilan tennis muxlislariga shou ko‘rsatib beramiz, - dedi Monika Puig. - Sharapova bilan Rim turnirida o‘ynaganman. Menga Mariyaning tennis kortida o‘zini tutishi, shiddatli o‘yini yoqadi.


Fikrlar