Menga shartnoma berib, ovora bo‘lmang!

  • 25.08.2021 17:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Vest Xem” etakchisi Deklan Rays “Chelsi” yoki “Manchester Yunayted”ga o‘tish uchun klub tomonidan beriladigan har qanday yangi shartnomani rad etishini ma’lum qildi.

Xosep Gvardiola va Ule-Gunnar Sulsher anchadan beri 22 yoshli futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni orzu qilmoqda. Har ikki klub mutasaddilari transfer bo‘yicha “Vest Xem”ga murojaat qilgan. Biroq klub Raysning transfer summasini sun’iy oshirib, 100 million funt talab qilmoqda.

“Vest Xem” mutasaddilarining bu ishidan futbolchining o‘zi ham norozi ekanini bildirgan. U sovrinlar uchun kurashadigan kuchli klublarda to‘p tepishni orzu qilmoqda.

Rays 2017 yildan beri “Vest Xem” sharafini himoya qilmoqda. U barcha turnirlarda 146 marotaba maydonga tushdi. Uning klub bilan kelishuvi yana uch yil amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!