Messi, sen PSJga kerakmassan!

  • 10.03.2023 08:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJning sobiq futbolchisi Jerom Roten jamoa etakchisi Lionel Messini keskin tanqid qildi. Rotenga parijliklarning Chempionlar ligasi nimchorak finalida “Bavariya”ga yutqazib, musobaqani tark etgani yoqmadi.

- Messi, sen bizga kerak emassan. Leo klub uchun bor kuchini bermayapti. Uni klubga moslashib olgani haqidagi intervyusini ko‘rdim.

Lekin  sen nimaga moslashding? Buni qaerdan bilding? Bu mavsum “Anje” va “Klermon”ga o‘xshagan jamoalarga qarshi uchrashuvlardagi 18 ta goling va 16 ta assistingni pesh qilyapsanmi?

Muhim uchrashuvlarda Messi yo‘qolib qolyapti. Nega u jahon chempionatidagidek o‘ynamayapti? O‘shanda qanday zo‘r o‘ynay olishini hamma ko‘rdiku.

PSJ Messi qarshisida tiz cho‘kdi, unga katta maosh berdi. Chunki hamma u bizga g‘alaba keltirishiga ishondi. Lekin bunday emas. Biz hech narsa yutolmaymiz, - dedi Jerom Roten.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!