
Messi "Barselona" prezidentining iste’foga chiqishini va Xavining bosh murabbiy bo‘lishini xohlamoqda
“Barselona” forvardi Lionel Messi klub tuzilmasidan o‘zgarishlar bo‘lishini xohlamoqa.
El Chiringuito TV tarqatgan xabarga ko‘ra argentinalik futbolchi Jozep Bartomeuning iste’foga chiqishini va uning o‘rniga yangi prezident saylanishini xohlamoqda.
Bundan tashqari Messi jamoa bosh murabbiyi lavozimiga “Barsa”ning sobiq futbolchisi Xavini olib kelinishini istayapti.
Eslatib o‘tamiz, 14 yanvar kuni “Barselona” rahbariyati Ernesto Valverdeni iste’foga chiqarib, o‘rniga Kike Setenni olib kelgan edi.
Fikrlar