Messi bu ishni 4-marta uddaladi

  • 10.02.2020 13:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" klubi forvardi Lionel Messi kecha La Liganing 23-turidan o‘rin olgan "Betis"ga qarshi o‘yinda 3 ta golga assistentlik qildi.

E’tiborlisi, bu 32 yoshli argentinalik futbolchining faoliyatidagi assistlar bo‘yicha qilgan uchinchi xet-trigi bo‘ldi. Bungacha u 2014, 2015 va 2016 yillarda ham bir o‘yinda 3 ta golga assistentlik qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Messi bu mavsum “Barselona” safida jami 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 17 ta gol hamda 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!