
Messi bu ishni bir soniyada uddalaydi
“Barselona” jamoasining sobiq bosh murabbiyi Ronald Kuman Qatar maydonlarida jahon chempionligi uchun kurashayotgan Lionel Messi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
- Leo har doim o‘zi o‘ynagan jamoalarning muhim bo‘lagi bo‘lgan. Unga aniq pozitsiya va maqsad berilsa, maydonda porlayveradi. Messi – jahonning eng zo‘r o‘yinchisi. Bu futbolchi o‘yin taqdirini bir soniyada o‘zgartirib yuboradi, - dedi Ronald Kuman.
Messi klublar miqyosida 853 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 701 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 333 ta golli pas uzatgan.
Shuningdek, Argentina terma jamoasi libosida 169 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 94 ta gol yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar