Messi Jahon chempionatidan so‘ng faoliyatini yakunlaydimi?

  • 2 noyabr, 2021, 16:48
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi va PSJ klubi yulduzi Lionel Messi 2022 yilda Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatidan so‘ng faoliyatini yakunlash to‘g‘risidagi savolga javob berdi.

Tecno

— Yo‘q, rostini aytsam, yo‘q. Men bilan sodir bo‘lgan hamma narsadan keyin kundan kunga, yildan yilga shunchaki yashashni o‘rganyapman. Oldindan hech nimani rejalashtirmayapman. Jahon chempionatidan keyin nima bo‘lishini bilmayman, bu haqda o‘ylamayman",-dedi Messi.

Ma’lumot o‘rnida, Leo avgust oyida 17 yillik faoliyatidan so‘ng "Barselona"dan PSJ klubiga kelib qo‘shilgandi. Parijliklar safida o‘tkazgan 8 o‘yinida u 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

34 yoshli hujumchi yozda Argentina terma jamoasi bilan uzoq kutilgan "Kopa Amerika" bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!