
Messi Kumanga bosh og‘riq bo‘lmoqda. U yana mashg‘ulotga kelmadi
“Barselona”da qolishini e’lon qilgan Lionel Messi mavsumoldi yig‘inidagi navbatdagi mashg‘ulotga kelmadi. Ko‘pchilik argentinalik hujumchi Kataloniyada qolishga qaror qilganidan keyin 5 sentyabrga belgilangana mashg‘ulotga kelishini kutgandi.
Kataloniya klubi rahbariyati jamoa etakchisining mojaro tufayli klubga kelmagan kunlari uchun jazolamaslikka qaror qilgan. Odatda, klub futbolchining kelmagan kunlari uchun maosh bermaydi. Messining kunlik maoshi 110 ming evroni tashkil qiladi.
Endi Ronald Kuman navbatdagi mashg‘ulotni dushanba kuni o‘tkazadi. Messi o‘sha kuni kelishini ma’lum qilgani aytilmoqda.
Fikrlar