Messi La Ligaga qaytsa, Ronalduning kuni boshiga tushadi

  • 08.10.2022 13:22
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Stiv Nikol argentinalik hujumchi Lionel Messining "Barselona"ga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Ayni damda 35 yoshli hujumchi PSJ sharafini himoya qilmoqda.

“Menimcha, Messi qaytib kelmasligi kerak. Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"ga omadsiz qaytishi bunga misol bo‘la oladi. Leo La Ligada ajoyib ishlarni amalga oshirgan. Ortga qaytib, uni buzish kerak emas. Ronaldu “Yunayted”ga qaytdi va butun faoliyatini barbod qildi. Odamlar hali buni ko‘p eslashadi", - deya Nikolning so‘zlarini keltiradi "Daily Express" nashri.

Messi - "ko‘k-anorranglilar" tarbiyalanuvchisi. U 2005 yildan 2021 yilgacha "Barselona"ning asosiy jamoasida o‘ynagan. Leo o‘tgan yili yozda PSJga o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!