
Messi nega “Oltin to‘p”ga da’vogarlar safiga kiritilmadi?
Frantsiyaning mashhur nashri L'Equipe 2022 yilgi “Oltin to‘p” sovrini da’vogarlari ro‘yxatiga Krishtianu Ronaldu kuritilib, nega Lionel Messi yo‘qligiga izoh berdi.
“Oltin to‘p”ning amaldagi sohibi, bu sovrinni etti marotaba qo‘lga kiritib, rekord o‘rnatgan Lionel Messi 2005 yildan beri ilk marotaba nomzodlar qatoriga kiritilmadi.
L'Equipe nashri mutaxassislarning bunga asosiy sabab sifatida Lionel Messining PSJdagi faoliyati kutilganidek yorqin chiqmaganini ko‘rsatmoqda. Leo o‘tgan mavsumda o‘zining yuksak formasiga chiqa olmadi, parijliklarga ustozlik qilgan Maurisio Pochettino bilan munosabati buzildi, ligada faqat oltita gol urdi, Chempionlar ligasini erta tark etdi.
Ronalduning “Oltin to‘p” ro‘yxatiga kiritilishiga uning terma jamoalar tarixida eng zo‘r to‘purarga aylangani, Chempionlar ligasi guruh bosqichida oltita to‘p kiritgani, mavsumni 49 ta o‘yinda 32 ta gol bilan yakunlagani asos qilib ko‘rsatildi.
Fikrlar