
Messi: O‘g‘lim Mateo "Real"ga muxlislik qiladi
"Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi katta o‘g‘illari Tyago va Mateo qaysi jamoalarga muxlislik qilishlari haqida gapirib o‘tdi.
“Tyago barcha o‘yinlarni tomosha qiladi. Mateo ham futbolni yaxshi ko‘radi va turli nomlar yozilgan futbolkalarni kiyib oladi. Televizorda futbol ko‘rib o‘tirgan paytimiz “Real” gol ursa, baqirib yuboradi. Mateo – “Real” muxlisi”, - deydi argentinalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Messining shuningdek Chiro ismli o‘g‘li ham bor. Nisbatan kattaroq bo‘lgan Tyago va Mateo “Barselona” akademiyasida klub xodimlarining farzandlari uchun tashkil etilgan maxsus dastur bo‘yicha shug‘ullanishadi.
Fikrlar