Messi o‘zini hayratga solgan o‘yinchi kimligini aytdi

  • 13 noyabr, 2023, 12:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi frantsiyalik yulduz Zinedin Zidan bilan suhbatda o‘zini lol qoldirgan futbolchi kim ekanini oshkor qildi. 

- Menga Aymar juda yoqadi. U “Valensiya”da va “River Pleyt”da o‘ynardi. Kuchli tarkibga ega jamoada ham o‘ziga xosligi bilan ajralib turgan. Menga Pabloning o‘yin uslubi yoqardi.

Agar futbol tarixida umuman boshqa darajada yurgan Maradona bo‘lmaganida, boshqalardan ajralib turadigan eng kuchli futbolchi sifatida Pablo Aymarni ko‘rsatardik. Meni Aymar hayratga solgan, - dedi Lionel Messi.

Suhbat davomida Lionel Messi hamsuhbati Zidanga uni ham futbolchi, ham murabbiy sifatida qattiq hurmat qilishini ham aytib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sunnatjon Hamdamov
13/11/2023 21:11
Bu messi oldin gabriel veygani maqtagandi endi fikrini uzgartiribti
Chunki veyga saudiyaga kettida