
Messi PSJning chempionlik o‘yinida qatnashmaydi
PSJ futbolchisi Lionel Messi jamoasining keyingi o‘yinida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati berdi.
Unda aytilishicha, Leo tovon qismini shikastlab olgan. Shu sabab u "Anjer"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, tarkibdagi Marko Verrati va Presnel Kimpembeda ham jarohat borligi aytib o‘tilgan.
Ma’lumot o‘rnida, "Anjer" - PSJ uchrashuvi bugun tungi soat 00:00da start oladi. Agar parijliklar bu o‘yinda zafar quchsa, muddatidan oldin Frantsiya chempioniga aylanadi.
Fikrlar