Messi Ronalduga etib oldi
Kecha “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi La Liganing 30-turida “Vilyarreal”ga (4:4) qarshi bahsda gol urdi.
E’tiborlisi, ushbu gol 31 yoshli argentinalik futbolchi uchun Ispaniya chempionatidagi 414-gol bo‘ldi. Shu tariqa Messi Evropa kuchli beshlik chempionatlari to‘purari hisoblangan Krishtianu Ronalduga etib oldi.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli portugaliyalik futbolchi 414ta golning 311tasini La Ligada («Real»), 84tasini APLda («Manchester Yunayted») va 19tasini A Seriyada («Yuventus») kiritgan.

Fikrlar