Messi va Ronaldu katta turnirda bir jamoada to‘p tepishi mumkin

  • 27.03.2025 18:19
  • Jahongir Inomjonov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu kelasi yozda bir jamoada o‘ynashlari mumkin. Bu haqda "Goal" nashri xabar bermoqda.

Hozirda Ronaldu Saudiya Arabistonining "An-Nasr" jamoasida to‘p tepmoqda, bu jamoa esa yaqinlashib kelayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmaydi.

Uning yangi shartnomasi hali kelishilmaganligi sababli, portugaliyalik futbolchi ushbu turnirda qatnashish uchun "Inter Mayami" bilan qisqa muddatli shartnoma imzolashi mumkin. Manbaning ma’lum qilishicha, Messi va Ronaldu Amerika klubining hujumkor juftligini tashkil etishga tayyor. Biroq, hozircha transfer masalasi hal etilmagan.

Ma’lumot uchun, sayyoramizning eng kuchli 32 ta klubi ishtirok etadigan musobaqa 15 iyundan 13 iyulgacha AQShda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
27/03/2025 22:07
Zo‘rku