Messidan joriy mavsum rekordlari

  • 27.07.2020 15:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” etakchisi Lionel Messi mamlakat chempionati oltin medallaridan quruq qolgan bo‘lsa-da, shaxsiy rekordlari sonini ko‘paytirib oldi.

Messining joriy mavsumdagi 11 rekordi quyidagilardan iborat bo‘ldi:

  1. Primerada ettinchi marta to‘purarlar sovrinini qo‘lga kiritdi.
  1. La Ligada bir mavsumda eng ko‘p – 21 ta assistni amalga oshirdi.
  1. Chempionatda bir mavsumda 20 tadan ko‘p gol va 20 tadan ko‘p assistni amalga oshirgan birinchi futbolchi.
  1. Etti marta oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
  1. Primerada qatorasiga 12 mavsum 20 ta va undan ko‘p gol urgan dastlabki hujumchi.
  1. “Gol+pas” tizimi bo‘yicha 1000 ochko to‘plagan yagona o‘yinchi.
  1. Ispaniya futboli tarixida 500 ta g‘alabani nishonlagan yagona futbolchi.
  1. La Ligada eng ko‘p – 36 ta xet-trik sohibi.
  1. “Real”ga qarshi eng ko‘p – 43 ta o‘yinda maydonga tushgan futbolchi.
  1. Evropa Chempionlar ligasida qatorasiga 15 ta mavsumdan beri gol urayotgan yagona to‘purar.
  1. Evropa Chempionlar ligasi tarixida eng ko‘p – 34 ta jamoa darvozasini ishg‘ol qilgan futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Баходир Муминов
24/07/2020 06:08
МЕССИГА барча рекордлар ярашаверади ОЛГА МЕССИ ОЛГА БАРСА