Messidan zo‘r to‘rt fubolchi bor!

  • 29.03.2025 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Britaniyalik taniqli jurnalist Pirs Morgan jahon futbolida “Oltin to‘p”ning sakkiz karra sohibi Lionel Messidan kuchli to‘rt futbolchi borligini aytdi.

Morganning fikricha, futbol tarixidagi eng zo‘r futbolchi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi.

- Men eng zo‘r futbolchi sifatida Krishtianu Ronaldu, braziliyalik Ronaldo, Terri Anri va Ronaldinoni tanlayman, - dedi Pirs Morgan.

Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida besh bor “Oltin to‘p”ga ega chiqqan. U rasmiy uchrashuvlarda va terma jamoa tarkibida xalqaro miqyosda eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi hisoblanadi.

Bundan tashqari 40 yoshli yulduz yaqinda terma jamoa safida eng ko‘p – 132 marta g‘alaba qozongan o‘yinchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!