Messining kelajagi borasida muhim yangilik

  • 31 may, 2023, 21:26
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi rahbari Leo Messining mahalliy klubga o‘tishiga umid qilmoqda.

Tecno

Avvalroq, “Al-Hilol” ikki yil ichida Messiga 1,2 milliard evro bermoqchi ekanligi xabar qilingandi. Lionelning otasi taklifni qabul qildi, hujumchi ham Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.

“To‘g‘risini aytsam, menda hech qanday yangilik yo‘q. Albatta, shaxsan men Messini Saudiya Arabistoni chempionatida ko‘rishni istardim", - dedi Yasser Al-Misehal CCC News nashriga.

Messining PSJ bilan shartnomasi iyun oyigacha amal qiladi. Uning "Barselona"ga qaytishi mumkinligi xabar qilingandi.

35 yoshli forvard joriy mavsum PSJ safida 40 o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urib, 20 golga assistentlik qildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!