Messining yulduzli onlari so‘ndimi?
“Barselona” etakchisi Lionel Messi gol urishga qiynalmoqda. Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida “Yuventus”ga qarshi o‘ynagan argentinalik hujumchi raqib darvozasi tomon jami 11 marta zarba berdi.
Bu zarbalarning ettitasi nishonga aniq borgan bo‘lsa-da, hech biri darvoza to‘ridan joy olmadi. Bu so‘nggi 17 yil ichidagi eng yomon ko‘rsatkich bo‘ldi.
Uchrashuv Ronaldu jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Fikrlar