"Metallurg" pro-liga jamoasini mag‘lub eta olmadi

  • 10 fevral, 2021, 19:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “Metallurg” hamda “Dinamo” klublari o‘rtasida nazorat uchrashuvi o‘tkazildi. Bekobodliklar ustozi Andrey Shipilov mazkur o‘yinda jamoaning yosh futbolchilariga ko‘proq imkoniyat berdi.

Tecno

met3

Dastlabki daqiqalardan maydonda jiddiy kurash kechdi. Murabbiylar ishonchini qozonishga bel bog‘lagan har ikkala jamoa o‘yinchilari maydonning har bir qarichi, har bitta to‘p uchun murosasiz bahs yuritishdi. Ko‘plab xavfli vaziyatlar yuzaga keltirildi. Biroq shu kuni himoya chizig‘i vakillari hamda darvozabonlar ishonchli o‘yin ko‘rsatishdi. Uchrashuvda darvozalar daxlsizligi saqlab qolindi – 0:0.

Nazorat uchrashuvi

“Metallurg” – “Dinamo” – 0:0

“Metallurg”: Akmal Tursunboev, Shahzodbek G‘ofurbekov, Salamat Quttiboev, Odilbek Abdumajidov, To‘lqin Ergashev, Davron Anvarov, Nikita Pavlenko, Doniyor Narzullaev, Muhsin Bozorov, Damir Temirov, Mahmud Qudratillaev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Vladimir Vagin, Evgeniy Chumak, Kamoliddin Tojiev, Stanislav Andreev, Ivan Nagaev, Shahzodbek Nurmatov, Akbar Ismatullaev.

“Dinamo”: Dilshod Hamroev, Jasur Hasanov, Obid Jo‘raboev, Muhammadqodir Hamraliev, Komil Sharofutdinov, Islom Sharipov, Jamshid Hasanov, Shoxruh Abdurahmonov, Islom Sharipov, Mixaylo Udod, Temur Usmonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Arslon Ahrorov, Faxriddin Alimov, Oybek Jo‘raev, Siroj Meliev, Humoyun Sherbo‘taev, Temur Ismoilov, Temur Hakimov.

met_4

“Metallurg” navbatdagi nazorat uchrashuvini 13 fevral, shanba kuni Farg‘ona viloyatining “Turon” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

“Metallurg” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!