"Milan" 16 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
A Seriya 28-turi doirasida "Milan" "Roma"ni o‘z uyida qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu milanliklarning o‘z maydonida rimliklar ustidan qozongan ketma-ket ikkinchi g‘alabasi bo‘ldi. Bu natijani so‘nggi bor "Milan" 2004-yilda qayd etgan edi.
"San Siro"dagi oxirgi bahs 2018 yil 31 avgustda bo‘lib o‘tgan, unda Milan klubi 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Joriy mavsumda "Milan" va "Roma" o‘rtasida "Stadio Olimpiko"da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda (2:1) rimliklarning qo‘li ustun kelgandi.

Fikrlar