"Milan" 38 yoshli Ibragimovichga nimalar taklif qilmoqda?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Zlatan Ibragimovich yangi mavsumda "Milan" safida qolishga qaror qildi, deya xabar bermoqda Corriere della Sera nashri.

Italiyaliklar klubi shvetsiyalik futbolchiga 5 million evro maoshga ega bir yillik shartnoma taklif qilmoqda. Agar klub keyingi mavsumda EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, "rossonerilar"da kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bo‘ladi.

38 yoshli forvard yil boshida "Milan" safini to‘ldirdi va yarim mavsum mobaynida 19 ta o‘yinda 10 ta gol kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!